«Kompromatuzb ishi» bo‘yicha birinchi sud majlisi aniq bo'ldi
4 nafar ayblanuvchi va 19 nafar jabrlanuvchi mavjud bo‘lgan mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida sudya Tolibjon Obidov raisligida ko‘rib chiqiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud majlislari ma’lum qilinadigan ro‘yxatga ko‘ra, «Kompromatuzb ishi» bo‘yicha sud majlisi 18 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida boshlanadi. Sud ishiga sudya Tolibjon Obidov raislik qiladi.
Jinoyat ish doirasida 4 nafar shaxs – Human.uz sayti asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev, «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot kotibi (sobiq) Siyovush Hoshimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 165-moddasi (tovlamachilik), 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi (sobiq) Mavjuda Mirzayevaning ayblovida Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) ham aks etgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha jami 19 nafar jabrlanuvchi mavjud. Ular orasida sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, sobiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Afzal Irmatov, Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonovlar bor.
Sud ishi ochiq yoki yopiq tarzda ko‘rilishiga oid ma’lumot keltirilmagan.