BMTda Qur’onni yoqishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qilindi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson Huquqlari Kengashi (IHK) Qur’onni tahqirlash harakatlarini qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 53-sessiyasida Islom hamkorlik tashkiloti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tezkor muhokama yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyada aytildi.
Qabul qilingan hujjatni 28 ta davlat yoqlab, 12 davlat esa qarshi ovoz bergan. 7 davlat betaraf qolgan. Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kosta-Rika, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, AQSH, Chernogoriya va Chexiya rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan. Belgiya (barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari nomidan), Buyuk Britaniya va AQSH delegatsiyalari ovoz berishdan oldin so‘zga chiqib, Pokiston va Falastin davlati tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamasliklarini, chunki ularning fikricha, bu hujjatda so‘z erkinligi kafolatlariga yetarlicha e’tibor berilmaganini aytgan.
Jazoir, Argentina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston, Kuba, O‘zbekiston va Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlar diniy adovat targ‘ibotini, shu jumladan Qur’onni tahqirlash xatti-harakatlarini qoralovchi va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qiluvchi IHK rezolyutsiyasini yoqlab ovoz bergan.
“IHK diniy nafratning har qanday targ‘iboti va ko‘rinishlarini, shu jumladan yaqinda ommaviy va qasddan qilingan Qur’oni Karimni tahqirlash harakatlarini qoralaydi va qat’iyan rad etadi hamda aybdorlarni davlatlarning xalqaro huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan majburiyatlariga muvofiq ravishda javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlaydi”, deyiladi rezolyutsiyada.