Taniqli ekologiya faoli Greta Tunberg jarimaga tortildi

Taniqli ekologiya faoli Greta Tunberg jarimaga tortildi
Shvesiyaning Malmyo shahri sudi 20 iyunda shahar portidagi norozilik namoyishlari chog‘ida polisiyaga bo‘ysunmagani uchun taniqli ekologiya faoli Greta Tunbergni jarimaga tortdi, deb xabar beradi BBC.

O‘sha kuni Greta va uning tarafdorlari portda neft tashuvchi mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. Shvesiyalik atrof-muhit faollari qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishga shunday norozilik bildirishgan.

Tunberg aybini tan olmadi, biroq sud boshqacha qaror qildi. Faol 2500 shved kroni (taxminan 240 dollar) miqdorida jarimaga tortildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив