Erondagi terakt oqibatida to‘rt nafar polisiyachi halok bo‘ldi
Yakshanba kuni Eron janubi-sharqidagi Siston va Belujiston viloyatida terrorchi guruhning qurolli hujumi oqibatida to‘rt yo‘l polisiyasi xodimi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Tasnim
Qurolli hujum Xashtandan Taftonga boradigan yo‘lda sodir bo‘lgan.
«Ushbu teraktda yo‘l polisiyasi xodimlari Mexdi Allaxpur, Reza Esmaili, Muxammad Reza Sheyxs va Xasan Vaxidi halok bo‘ldi», – deyiladi xabarda.
Mamlakat xavfsizlik kuchlari jinoyatchilarni qidirmoqda. Hozircha mamlakatda faoliyat yuritayotgan hech bir qurolli guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Siston va Belujiston Eronning 31 viloyatidan biri bo‘lib, mamlakat janubi-sharqida Afg‘oniston va Pokiston bilan chegarada joylashgan.