Indoneziyada kema halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Indoneziya janubi-sharqidagi Sulavesi provinsiyasi suvlarida dushanba kuni ertalab kema cho‘kib ketdi, natijada 15 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi Sinxua.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 00:00 atrofida Buton markaziy okrugidagi Mavasanka ko‘rfazida sodir bo‘ldi. Bu haqda milliy qidiruv va qutqaruv agentligi rahbari Yusuf Latif ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bortda 40 kishi bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangach, oilalariga topshirilgan, tirik qolganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.