Sun’iy intelekt xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratiladi

Sun’iy intelekt xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratiladi
IT bozori yetakchilari AI xavfsizligini nazorat qiluvchi tashkilot yaratmoqchi.

Sun’iy intellekt modellari ishlab chiqilishini nazorat qiluvchi tashkilot “Frontiyer Model Forum” IT bozorining yirik ishtirokchilari Google, Microsoft, Anthropic va OpenAI tomonidan yaratiladi. Bu haqda Google bayonotida keltiriladi.

Tashkilot boshqa IT-kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilishga tayyorligi qo‘shimcha qilingan.

Ta’kidlanishicha, Frontiyer Model Forumining asosiy vazifalari qatoriga targ‘ibot, yangi ish tajribalarini aniqlash hamda taniqli shaxslar va institutlar bilan hamkorlik kiradi.

Yaqin kelajakda tashkilot maslahat kengashini va nizom, boshqaruv va moliyani o‘z ichiga olgan muhim institusional tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив