Yillik inflyasiya rasman 9 %dan tushdi
Iyul oyida iste’mol narxlari 0,2%ga arzonlagan. O‘tgan yilning yuqori bazasi hisobiga yillik inflyasiya 8,9%gacha pasaygan. Oxirgi marta bunday past darajali inflyasiya 2016 yil avgustda qayd etilgan edi.
Oylik inflyasiya pasayishi asosan oziq-ovqatlarning mavsumiy ravishda 0,9%ga pasayishi hisobiga ro‘y bergan. Nooziq-ovqatlar 0,3%ga, xizmatlar esa sezilarli ravishda 0,5%ga qimmatlagan (yil boshidan buyon maksimum).
Muhim oziqlardan guruch (+1.7%), mol go‘shti (+0.7%), qo‘y go‘shti (+0.5%) qimmatlashishda davom etmoqda.
Yana boshqa guruhlarda tamaki (+1.0%), stasionar davolanish (+1,0%), yo‘lovchi tashish (+0,9%), restoran va mehmonxonalar (+0,6%) narxlari sezilarli darajada oshgan.