Rossiyalik olimlar Antarktidada tarvuz yetishtirishdi

Rossiyalik olimlar Antarktidada tarvuz yetishtirishdi
Antarktidadagi “Vostok” stansiyasida – yer yuzidagi eng sovuq joyda rossiyalik olimlar tarvuz etishtirishdi.

Buning uchun maxsus fitotexnik majmua ishlab chiqildi. Ular o‘simliklar uchun qulay harorat va namlikni yaratishdi. Tuproq o‘rnini bosuvchi, ozuqaviy eritmalar va maxsus tanlangan yorug‘likdan foydalanildi, ularning spektri quyosh nuriga yaqin.

103 kun davomida oltita o‘simlikda sakkizta pishgan va shirin meva yetishtirildi. Endi olimlar “Vostok” stansiyasida o‘rmon mevalarini yetishtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив