Turkiyada Shvesiya konsulxonasiga hujum uyushtirildi
Turkiya g‘arbidagi Izmir shahrida joylashgan Shvesiya konsulxonasiga noma’lum shaxs hujum qildi, bir diplomat jarohatlandi. Bu haqda “Mynet” axborot portaliga yozgan.
Suriya fuqarosi viza olish bilan bog‘liq muammo tufayli amalga oshirgan qurolli hujum natijasida muassasada ishlaydigan Turkiya fuqarosi tan jarohati olgan.
So‘nggi oylarda Turkiya va Shvesiya o‘rtasidagi munosabat Stokgolmda muslimlarning muqaddas kitobi nusxasi yoqilishi silsilasida keskinlashdi. Turkiya hukumati Yevropa mamlakatlarida, xususan, Daniya va Shvesiyada Qur’oni Karimni tahqirlash harakatiga o‘ta keskin munosabat bildirmoqda.
30 iyul kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan shved hamkasbi Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqotda Anqara Stokgolmdan musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Qur’onni tahqirlashga qaratilgan harakatlarning oldini olish bo‘yicha aniq qadamlar kutishini aytgan.