Indoneziya investorlar uchun “oltin viza” joriy qiladi
Indoneziya hukumati xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yangi “oltin viza”ni tasdiqladi. Bu haqda mahalliy OAV mamlakat Inson huquqlari vazirligiga tayanib xabar berdi.
Mas’ullar ma’lumotiga ko‘ra, bunday viza egalari mamlakatda besh yildan o‘n yilgacha yashashi mumkin. Ushbu chora milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan. Besh yillik viza olish uchun yakka tartibdagi investor 2,5 million dollar kapitalga ega kompaniya yaratishi kerak. Shuningdek, 10 yoshli bola uchun yana 5 million dollar talab qilinadi.
Korporativ investorlar besh yillik viza olish uchun 25 million dollar sarmoya kiritishi shart. 10 yillik viza esa 50 million dollarga tushadi. Hozirga qadar Amerika Qo‘shma Shtatlari, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda oltin viza tartibi mavjud.