Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9,2 trln so‘mga oshgan

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi korxonalarning sof daromadi 9,2 trln so‘mga oshgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 31,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 9,2 trln so‘mga oshgan.

2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 39 078 tani tashkil etgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив