Jahon bozorida neft narxi ikki haftalik o‘sishdan keyin pasaydi
Shimoliy dengizda qazib olingan “Brent” neftining noyabr oyi fyucherslari 0,19 foizga arzonlashib, bir barreli 90,48 AQSh dollariga sotilgan.
WTI neftining oktyabr fyucherslari narxi 0,53 foizga pasayib, bir barrel uchun 87,05 AQSh dollarini tashkil qildi.
Narxlar neft narxini qo‘llab-quvvatlovchi OPEK+ neft ta’minotini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari bilan bog‘liq taxminlar fonida barqarorlashmoqda. Biroq, neftning yirik iste’molchisi va importchisi bo‘lgan Xitoy iqtisodiyotining tiklanish istiqbollari haqidagi xavotirlar ushbu resurs narxiga bosim o‘tkazishda davom etyapti.
“Ko‘rsatkichlar bozorda neft haddan tashqari ko‘p xarid qilinganidan dalolat beradi. Hamma narsani hisobga olsak, biz konsolidasiyani kutish kerak deb hisoblaymiz”, degan Bloomberg'ga Singapurdagi “Standard Chartered Plc” investisiya strategisi Xan Jong Liang.