Yarim million o‘zbekistonlik kriptovalyutalardan foydalangan

Yarim million o‘zbekistonlik kriptovalyutalardan foydalangan
O‘zbekistonning 500 mingga yaqin fuqarosi kriptoaktivlardan u yoki bu tarzda foydalangan. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” V Sbonds konferensiyasida Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kripto-aktivlarni tartibga solish sektori rahbari Kamronbek Muhammadiyev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kriptoaktivlar ayirboshlash, investisiya qilish, shuningdek, pul mablag‘larini yuborish uchun ishlatiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kriptoaktiv mulk huquqi hisoblanadi va to‘lov vositasi emas.

“Turli davlatlar bunga turlicha yondashadi, ammo to‘lov vositalariga nisbatan bizning o‘z regulyatorimiz – Markaziy bank bor. Biz kriptoaktivni investisiya vositasi sifatida ko‘rib chiqamiz”, — dedi Kamronbek Muhammadiyev.

O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida allaqachon bitta birja, to‘qqizta do‘kon va kripto-depozitariy mavjud.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив