Irlandiya TikTokni 345 million yevro jarimaga tortdi

Irlandiya TikTokni 345 million yevro jarimaga tortdi
Irlandiya ma’lumotlarini himoya qilish komissiyasi Xitoyning “ByteDance” kompaniyasiga tegishli “TikTok” ijtimoiy tarmog‘ini bolalar shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish sohasidagi qonunbuzarliklar uchun 345 million yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Bu haqda regulyatorning press-relizida aytiladi.

Qoidabuzarliklar 2020-yil 31-iyuldan 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga tegishli. Komissiya, shuningdek, bolalarning profillari hech qanday bildirishnomasiz ochiq qilib qo‘yilgani, natijada ularning postlari cheksiz ko‘p odamlar, shu jumladan TikTokda ro‘yxatdan o‘tmaganlar uchun ham ochiq bo‘lganini aniqladi.

“Bundan tashqari, platformaning funsionalligi katta yoshdagi foydalanuvchilarga, jumladan, ota-onasi yoki vasiysi bo‘lmaganlarga o‘z akkauntlarini bolalar akkauntlari bilan bog‘lash va shaxsiy xabarlar almashish imkonini berdi, bu esa jiddiy xavf tug‘dirdi.

Shuningdek, akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va videolarni baham ko‘rishda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni maxfiylikka tajovuzkorlik darajasi yuqori bo‘lgan tanlov qilishga majbur qildi”, — deyiladi xabarda.

Jarimadan tashqari, komissiya TikTokga uch oy ichida qoidabuzarliklarni bartaraf etishni buyurdi.

"TikTok" Irlandiya regulyatorining qaroriga rozi emasliklarini aytdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив