Qozog‘istonda korrupsionerlar reyestri yaratiladi

Qozog‘istonda korrupsionerlar reyestri yaratiladi
Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash xizmati korrupsioner mansabdor shaxslarning davlat reyestrini joriy etish rejasini e’lon qildi. Bu haqda “Vlast.kz” xabar berdi.

“Reyestrga korrupsiyada aybdor deb topilgan shaxs haqidagi barcha ma’lumotlar kiritiladi. Bu ish beruvchilarga potensial nomzodni poklik va halollik bo‘yicha tekshirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, parlamentda pora berish va’dasi va taklifini jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

“Pora taklifi deganda og‘zaki yoki yozma, shu jumladan, elektron shakldagi aniq va tushunarli bayonot tushuniladi. Pora berish va’dasi esa, vaqti, joyi ko‘rsatilgan holda bildirilgan arizadir”, deb tushuntirgan korrupsiyaga qarshi xizmat.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив