O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonlik xotin-qizlarni ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda vatandosh xotin-qizlarimizni Istanbul, Antaliya, Izmir, Bodrum va boshqa shaharlarga katta mablag‘ evaziga “konsomatris” (kons) ishlariga taklif etib reklamalar tarqatilayotgani kuzatilmoqda. Bunda paviyon (tungi kafe) xodimlari yosh qizlarni kelgan mijozlarga oshirilgan narxlarda ichimlik va oziq-ovqat oldirish uchun yollamoqda.

Mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanganlarga mahalliy polisiya tomonidan Turkiyadan chiqarib yuborilish chorasi ko‘rilmoqda.

“Hurmatli opa-singillar! Konsomatris faoliyati bizning urf-odatimiz, milliy an’analarimiz va muqaddas dinimizga to‘g‘ri kelmasligi hammamizga ma’lum.

Turkiya hududida huquqbuzarliklar ishtirokchisi bo‘lib qolishingiz, jabr ko‘rishingiz yoki aybdor bo‘lib qolishingizning oldini olish maqsadida siz yashab turgan davlatning qonun-talablariga rioya qilishingizni, o‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan joylar va shaxslardan yiroq bo‘lishingizni tavsiya qilamiz.

Agar sizda shu kabi reklama tarqatayotganlar va konsomatrislikka jalb qilayotgan shaxslar haqida ma’lumot bo‘lsa, konsulxonaga xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив