Qashqadaryodagi dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati FVB Kitob tumanidagi dehqon bozorida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 31-avgust kuni soat 03:53 larda Kitob tuman FVBga tumandagi oziq-ovqat bozori hududida joylashgan savdo do‘konlaridan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inga jalb qilingan va ular soat 03:58 larda hodisa joyiga yetib borgan, soat 04:38 larda esa yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uchta xo‘jalik mollari savdo do‘konining 36 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

“Qutqaruvchilarning saʼy-harakati natijasida bozorning 2,7 ming metr kvadrat maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.