Qozog‘iston-Xitoy chegarasi 4 kunga yopiladi

Qozog‘iston-Xitoy chegarasi 4 kunga yopiladi
29 sentyabr va 1-3 oktyabr kunlari Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari ishlamaydi, deb xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmati.

"Xitoy Xalq Respublikasida 2023 yil 29 sentyabr va 1-3 oktyabr dam olish kunlari munosabati bilan Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi yo‘l-o‘tkazish punktlarida odamlar, transport vositalari va yuklarni olib o‘tish amalga oshirilmaydi. Biroq Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi temir yo‘l nazorat punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi”, – deyiladi xabarda.

Qo‘mita transportchilar va chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganlarni ushbu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishlari haqida ogohlantiradi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив