Qo‘biz UNESCO ro‘yxatiga kiritilmoqda

Qo‘biz UNESCO ro‘yxatiga kiritilmoqda
Qoraqalpog‘iston Juqorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev UNESCOning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda madaniy meros ob’ektlariga e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni himoya qilish va saqlash, bir necha asrlik milliy madaniyatimizning ajoyib durdonalarini asrab avaylash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, ularni UNESCO ro‘yxatiga kiritish, ilm-fan, madaniyat yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpoq milliy cholg‘u asbobi – Qo‘bizni UNESCO ro‘yxatiga kiritish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив