Evropaning eng yirik gaz konida qazib olish ishlari to‘xtatildi
1- oktyabr kuni Niderlandiyaning Groningen shahridagi Yevropaning eng yirik konida gaz qazib olish to‘xtatildi. Bu haqda ANP agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Groningen koni 1959-yilda ochilgan. O‘zining eng yuqori cho‘qqisida yiliga 50 milliard kub metrdan ortiq gaz qazib olingan. Biroq zilzilalar tufayli 2018-yilda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich qisqartirish va konni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Iyun oyida Gollandiya hukumati 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab Groningenda gaz qazib olishni butunlay to‘xtatishga qaror qildi.
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarda, masalan, sovuq qish tufayli konning ishlashini tiklanishi mumkinligi aytilgan.
Ayni paytda konning faoliyatini butunlay to‘xtatish uchun parlament qarori zarurligi aytilmoqda.