Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda
Yo‘lovchi poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilmoqda, deya xabar berdi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.
Qayd etilishicha, 20 oktyabrdan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100%ga oshiriladi.
"Temir yo‘l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda temir yo‘l sohasida olib borilayotgan islohotlarni to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018 yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019 yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan. Oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.
Chipta narxlari 2019-2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2.4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi hisobiga oshirilmoqda.
Shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlash ham chipta narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.