Misr Isroil va Falastin o‘rtasida vositachilik qilishga tayyor

Misr Isroil va Falastin o‘rtasida vositachilik qilishga tayyor
Qohira hech qanday shartlarsiz Isroil va Falastin o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyor.

Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bayonot berdi.

“Misr hech qanday shartlarsiz mintaqaviy tomonlar bilan kelishilgan holda vositachilik qilishga tayyor”, dedi as-Sisiy.

Bungacha Qohira garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS harakati vakillari bilan muzokaralar boshlash rejasini e’lon qilgan edi. Gap birinchi navbatda xorij fuqarolari va ikki fuqarolikka ega shaxslar haqida ketmoqda, deya aniqlik kiritdi Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan 13—14-oktyabr kunlari Misrda bo‘lib, Falastin-Isroil qarama-qarshiligi hududidagi vaziyat va inqirozni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив