G‘azo atrofidagi keskinlik boshlanganidan so‘ng Isroilga 1 mingga yaqin jurnalist yetib keldi

G‘azo atrofidagi keskinlik boshlanganidan so‘ng Isroilga 1 mingga yaqin jurnalist yetib keldi
Falastin-Isroil mojarosining yangi bosqichi boshlanganidan keyingi dastlabki kunlarda Isroilga 1 mingga yaqin xorijiy jurnalist yetib keldi.

Bu haqda Isroil hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Urush boshlanganidan beri dastlabki to‘rt kun ichida turli mamlakatlardan 1000 ga yaqin jurnalist keldi va [ularning arizalari] hukumat matbuot xizmati tomonidan ko‘rib chiqildi”, — deyiladi hisobotda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив