O‘zbekistonda rasman sumo federasiyasi ochildi

O‘zbekistonda rasman sumo federasiyasi ochildi
Endilikda respublikada rasman sumo federasiyasi ochildi. Mazkur federasiya joriy yilning 12 oktyabr kuni rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda Uznews.Uz xabar bermoqda.

Federasiya faoliyatining asosiy maqsadi, O‘zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sporti bilan shug‘ullanuvchilarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sumo sport turlari bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Kamol Usmonov federasiya raisi etib saylangan. Qolaversa, O‘zbekistondagi ilk sumo sportchisi sifatida Durdona Abdujabbarova qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu sport Yaponiyada paydo bo‘lgan va u davlatning milliy sport turi hisoblanadi. Shuning uchun ham qoidalar Yaponiya Sumo assosiasiyasi tomonidan belgilab beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив