“Qatar Masters Open”da Sindorov kuchlilar safida bormoqda
31 davlatning 158 nafar mahoratli shaxmatchisi qatnashayotgan “Qatar Masters Open” xalqaro turnirining 3-tur bahslari ortda qoldi.
O‘tkazilgan turnirning markaziy uchrashuvlaridan biri hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov va Amerika sharafini himoya qilayotgan Hikaru Nakamura o‘rtasida kechdi. Shiddatli o‘tgan kurashda tomonlar murosa yo‘lini tanladi. Aynan ushbu durang har ikkala shaxmatchining ochkolari sonini 2,5 ta bo‘lishini ta’minlashi bilan qaysidir ma’noda yetakchi shaxmatchilarimizdan biri Javohir Sindorovning 4-turni turnir jadvalining yetakchisi sifatida qarshilashiga biroz bo‘lsa-da yordam berdi, deyish mumkin. Qolaversa, Sindorov 3-turda qora donalarda AQSh bayrog‘i ostida o‘ynayotgan Gregoriy Kaydanov ustidan g‘alaba qozonishi uni g‘oliblikka da’vogarlik qilayotgan 5 nafar shaxmatchi qatoriga olib chiqdi.
3-tur yakunlariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev 2,5 ochkoga, Jahongir Vohidov, Abdumalik Abdusalomov, Bahrom Bahrullayev, Muhiddin Madaminov 2 ochkoga ega bo‘lib turibdi.
Yuqorida qayd etilganidek, 5 nafar shaxmatchi 3 ochkoga, 15 nafari 2,5, 43 nafari esa 2 ochko jamg‘argan holda musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 108 ming 250 AQSh dollaridan iborat xalqaro turnirning 4-turida Javohir Sindorov qozog‘istonlik Renat Jumaboyev bilan, Jahongir Vohidov iqtidorli yosh shaxmatchimiz Abdumalik Abdusalomov bilan, Nodirbek Yoqubboyev misrlik Adxam Fuze bilan, Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Mettal Aditeya bilan, Shamsiddin Vohidov qora donalarda niderlandiyalik Anish Giri bilan kuch sinashadi.
Ko‘rinib turibdiki, turning markaziy uchrashuvlaridan biri 3 ochkoga ega Javohir Sindorov va uch marta Qozog‘iston chempionligiga erishib, musobaqada 3 ochko bilan kuchli beshlikda borayotgan Renat Jumaboyev o‘rtasida kechadi. Aynan ushbu “duel”dagi ustunlik Javohirni “Qatar Masters Open”ning g‘olibligi sari yanada yaqinlashtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabrgacha davom etadigan xalqaro turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 25 ming, 2-o‘rin sohibi 15 ming va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi 10 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.