Ilon Mask Qozogʻistondagi ikki mingta maktabni Starlink internet tarmogʻiga ulaydi
Amerikalik milliarder Ilon Mask Qozogʻistondagi ikki mingta qishloq maktabini Starlink internet tarmogʻiga ulashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozogʻiston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, SpaceXʻning Starlink biznes operatsiyalar boʻyicha direktori Loren Drayer Qozogʻiston maktablarini Starlinkʻka ulash boʻyicha hamkorlikni taklif qilgan.
Shuningdek, vazirlik kompaniya vakiliga hamkorlikning keyingi bosqichlari haqida maʼlumot berishini bildirgan.
Maʼlumot uchun, Starlink global sunʼiy yoʻldosh tizimi boʻlib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni taʼminlash uchun yaratilgan. Loyihani ishlab chiqish 2015 yilda boshlangan, sinov prototiplari 2018 yil 22 fevralda muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va SpaceX 2020 yil oktabr oyida Starlink orqali Internetga tijoriy xizmatlarni taqdim qila boshlagan. Bugungi kunga kelib Starlink tarmogʻi yetti mintaqadagi 60 dan ortiq davlatlarda ikki milliondan ziyod faol foydalanuvchilarga ega.
Tarmoqqa ulanish uchun foydalanuvchi taxminan 500 dollar turadigan maxsus antenna, shtab va routerdan iborat toʻplamni xarid qilish zarur boʻladi. Bundan tashqari, har bir foydalanuvchi oyiga 99 AQSH dollari miqdorida abonent toʻlovini toʻlashi kerak.

“Starlink bilan dastlabki kelishuvga koʻra, SpaceX texnologiyasidan foydalangan holda ikki mingta qishloq maktabini internet tarmogʻiga ulash rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.