Britaniyada internet xavfsizligi kuchaytirildi

Britaniyada internet xavfsizligi kuchaytirildi
Buyuk Britaniyada internet xavfsizligi bo‘yicha keng ko‘lamli qonun loyihasi qabul qilindi. U asosiy ijtimoiy platformalarga qat’iy talablar qo‘yadi va voyaga yetmaganlarni zararli kontentni ko‘rishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, hujjat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yoshini tekshirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni joriy etishni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ savdosi, shuningdek, terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallardan himoya qilish kerak. Talablarni buzishda davom etayotgan platformalar qattiq jazolanadi.

Bu yil Buyuk Britaniyada davlat xizmatchilariga TikTok ilovasidan foydalanish taqiqlandi. Rasmiylarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar haqida juda katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘playdi va saqlaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив