O‘zbekiston yangi xalqaro transport yo‘lagini barpo etishda qatnashadi

O‘zbekiston yangi xalqaro transport yo‘lagini barpo etishda qatnashadi
O‘zbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan Qozog‘iston – Turkmaniston – Eron – Turkiya Transport vazirliklari hamda temiryo‘l sohasi vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda "Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa" xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolash bilan bog‘liq jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi. Davlatlar o‘rtasida xalqaro transport va tranzit yo‘nalishini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar "Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa" xalqaro transport koridorini rivojlantirish barcha uchun manfaatli ekanini, ushbu yo‘lak tranzit tashuvlari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив