Kanada Ukraina fuqarolari uchun yangi migrasiya dasturini e’lon qildi

Kanada Ukraina fuqarolari uchun yangi migrasiya dasturini e’lon qildi
Kanada hukumati veb-saytida e’lon qilingan tushuntirishlarga ko‘ra, yaqin qarindoshlari Kanada fuqarosi bo‘lgan ukrainaliklar mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 23 oktyabr kuni ochiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishi ortidan Kanada CUAYET migrasiya dasturini e’lon qilgan edi. Bu ukrainalik qochqinlarga Kanadada uch yillik bepul ishlash va yashash uchun ruxsat olish imkonini berdi. CUAYET dasturiga milliondan ortiq arizalar topshirilgan, ammo hozirgi kunga qadar ariza beruvchilarning atigi 17 foizi undan foydalandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив