Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak turar joy binosining 15-qavatidan sakrab, vafot etdi.

Voqea 18 noyabr kuni soat 21:07 da “Manzara” turar joy majmuasida sodir bo‘lgan. Fuqaro SH. X. 23 yoshli rafiqasi N.R. bilan birga yashab, voqea sodir bo‘lishidan ikki kun oldin unga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, erkak 2020 yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida shizofreniya tashxisi bilan ro‘yxatga olingan. Voqea sodir bo‘lgan kuni erkak turmush o‘rtog‘iga ishga bormasdan, uyda qolishini so‘ragan. N.R. ishdan kelguniga qadar esa eri o‘z joniga qasd qilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. O‘z joniga qasd qilish sabablari aniqlanmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив