Mashinalarni videoga olgan ayolni haqoratlagan haydovchilar javobgarlikka tortildi

Mashinalarni videoga olgan ayolni haqoratlagan haydovchilar javobgarlikka tortildi
Farg‘onada mashinalarni «s’yomka» qilgan ayolga tashlanib, uni haqorat qilgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 9 yanvar kuni soat 14:40 larda ushbu ayol va Toshloq—Farg‘ona yo‘nalishida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Ayolning holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIO FMBga qilgan murojaati tergovga qadar tekshiruv davomida o‘rganib chiqilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida chiqarilgan qarorga ko‘ra, ikki nafar haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga BHMning 3 baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Huquqbuzarlar qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, bu holat boshqa sodir etilmasligiga va’da bergan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив