Prezident Farmoni bilan 2024 yil 1 martdan boshlab 16 ta lisenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda

Prezident Farmoni bilan 2024 yil 1 martdan boshlab 16 ta lisenziya va ruxsatnoma bekor qilinmoqda
AOKAda Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish yuzasidan ma’lumot berildi:

⚡️ O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

? 7 turdagi ruxsat beruvchi hujjat to‘liq bekor qilinadi (masalan, bojxona tashuvchilari reestriga kirishda yuklarni tashish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi);

?6 turdagi ruxsat beruvchi hujjat birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi (xususan, eksport nazorati ob’ektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma hamda maxsus tovarlar eksporti va importi uchun lisenziya birlashtirilmoqda);

?3 ta lisenziya va ruxsatnoma xabarnoma tartibiga o‘tkaziladi (masalan, endilikda turagentlik faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullanish mumkin bo‘ladi).

⚠️ Farmonda belgilangan yana bir muhim tartib ayrim sohalarda lizenziya va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilgan “Biznesga lisenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etilmoqda.

✔️Bundan tashqari, Farmon bilan 2024 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi tasdiqlandi.

? Tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlarning 50 foizga qisqartirilgan yagona ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив