Rossiyadan uchgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi

Rossiyadan uchgan samolyotda chaqaloq tug‘ildi
Joriy yilning 10 yanvar kuni Jukovskiy aeroportidan Moskva – Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan U6-2441 reysi samolyoti bortida chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda “Ural Airlines” aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, samolyot balandlikka ko‘tarilgach, homilador ayolning to‘lg‘og‘i tutib, qichqira boshlagan. Tug‘uruq jarayoniga oldin feldsherlik qilgan bort kuzatuvchisi va yo‘lovchi hamshira ayol yordam bergan.

"Tug‘ilish asoratsiz o‘tdi, shu bois samolyotning favqulodda qo‘nishi talab qilinmadi. Ona va chaqaloq Dushanbe aeroportiga qo‘nganidan keyin shifokorlarga topshirildi", deyiladi aviakompaniya xabarida.

Ushbu reys yo‘lovchilari yangi tug‘ilgan qizaloq uchun 55 ming rubl (7 mln 600 ming so‘mdan ortiq) “suyunchi puli” yig‘gan.

Ma’lumot uchun, odatda parvoz vaqti tug‘ilgan ko‘plab chaqaloqlarga aviakopaniya tomonidan butun umrlik oltin karta sovg‘a qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив