Yaponiyadagi aeroportda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi
Xokkaydo prefekturasidagi (Yaponiya) Sin-Titose aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti to‘qnashib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv yerda sodir bo‘lgan.
280 dan ortiq yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan avialayner yo‘lak bo‘ylab harakatlanayotgan edi. Yana bir samolyot turargohda turgan va uning ichida hech kim bo‘lmagan.
Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Voqeaga Xokkaydoda kuchli qor yog‘ayotgani tufayli ko‘rish qobiliyatining yomonlashgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Noqulay ob-havo tufayli aeroportda 46 ta aviareys bekor qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.