Japarov ayrim qirg‘iz OAVlarining mustaqilligini shubha ostiga oldi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bir qator qirg‘iz ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini shubha ostiga qo‘yib, ular xorijiy jamg‘armalardan mablag‘ olayotganini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Ko‘pincha mustaqil jurnalistlar va blogerlar deb atalganlar turli fondlar, tashkilotlar va boshqalardan grant mablag‘larini olishadi”, dedi u “Kabar” agentligiga bergan intervyusida.
Prezidentning iddao qilishicha, 2017–2020-yillar oralig‘ida AQShdan Demokratiya Milliy Jamg‘armasi qirg‘iz nohukumat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar va blogerlarga 8 million 471 ming 614 dollar o‘tkazgan. Biroq grant mablag‘lari maqsadli tarzda ishlatilmayotgani ma’lum bo‘lgan.
“Ularning ko‘zlangan maqsadi – hukumatni obro‘sizlantirish, davlat siyosatini qoralash, jamiyatni tashviqot qilish, konstitusiyaga zid chaqiriqlar qilish va umuman, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi soxta ma’lumotlarni tarqatish”, deydi Japarov.
Shuningdek, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda mamlakatda qo‘lga olinganlar professional jurnalist emas. "Bular ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan va mas’uliyasizlik bilan turli ma’lumotlarni, jumladan, mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan ma’lumotlarni e’lon qiladigan bloggerlardir", deb hisoblaydi u.
Japarovning aytishicha, ayni damda demokratik rivojlangan mamlakatlarda so‘z erkinligidan siyosiy maqsadlarga erishish va jamiyatni beqarorlashtirish uchun foydalanayotganlarga nisbatan cheklovlar joriy etilmoqda. “Bu borada biz profilaktika choralarini ko‘rishga majburmiz, chunki bu bevosita mamlakat milliy xavfsizligiga daxldor”, dedi Qirg‘iziston rahbari.