Toshkentda yuqori qavatdan yiqilgan quruvchi yigit vafot etdi

Toshkentda yuqori qavatdan yiqilgan quruvchi yigit vafot etdi
Toshkent shahridagi qurilish ob’ektidan yiqilgan quruvchi yigit vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat poytaxtdagi qurilish ob’ektlarining birida yuz bergan. Bemor shifoxonaga olib kelingach darhol jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operasiya ikki soat davom etgan.

Bugun shifoxonamizga 27 yoshli bemor tez tibbiy yordam mashinasida og‘ir ahvolda olib kelingan. Yaqinlarining va tez tibbiy yordam shifokorining so‘zlariga qaraganda, bemor ko‘p qavatli binoning yuqori qavatidan baxtsiz hodisa tufayli yiqilib tushgan. Operasiya davomida uning ko‘krak qafasida va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida shikastlanishlar, qovurg‘alar va tos suyagi sinishi aniqlandi”, — deydi jarroh.

Operasiya yakunlangach bemor tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив