Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini tikladi

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini tikladi
Turkiya doimiy xorijiy pasportga ega Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.

Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning hukumatning rasmiy gazetasi Resmi gazete'da chop etilgan farmonida aytilgan.

“Tojikistonning oddiy chet el pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi”, — deyiladi hujjatda.

Mazkur chora “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan. Qaror gazetada e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив