Toshkent viloyatida yigit voyaga yetmagan qizni 10 kun bo‘sh uyda ushlab turib, uni jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aniqlandi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi 19 yoshli yigit 10 kun davomida voyaga yetmagan qizni bo‘sh uyda saqlab, uni o‘zi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Nemolchi.uz” loyihasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 15-apreldan 24-aprelga qadar davom etgan. Yigit butun jarayonni videotasvirga olgan va keyinroq qizni o‘zi bilan yana yotishi uchun shantaj qilib kelgan. Shuningdek, qiz videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligi uchun yigitga 200 dollar pul bergan.
Jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganigan keyin, 2-may kuni gumonlanuvchi qizdan videoni tarqatmaslik uchun 2 million so‘m olib, uni yana o‘sha bo‘sh uyga olib borganida ushlangan. Uning yonidan olingan pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Yigit nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.
Mazkur ish bo‘yicha sud 3-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida bo‘lib o‘tgan. Himoyachi ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘ragan. Biroq sud prokurorning yigit og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgani uchun uni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish borasidagi talabini qanoatlantirgan.