Probatsiya nazoratida turgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni foydali mehnatga jalb etish orqali hayotga qaytarish — huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda, Norin tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan Norin tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda maxsus mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda probatsiya hisobida turgan fuqarolar uchun turli sohalar bo‘yicha ish o‘rinlari taklif etildi. Bandlik bo‘limi mutaxassislari tomonidan ularga kasbiy yo‘nalish berish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qish imkoniyatlari tushuntirildi.
Ushbu tadbir nazorat ostidagi fuqarolarni ijtimoiy hayotga qayta jalb etish, ularning bandligini taʼminlash va kelgusida jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan amaliy qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Нет комментариев.