Norin tumanida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, tibbiy madaniyatni oshirish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida tibbiy ko‘rik va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir “Ona va bola salomatligi - oila garovi” mavzusida o‘tkazilib, unda 18-sonli oilaviy shifokorlik punkti shifokor va xamshiralari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati,tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tilish, ona sutining ahamiyati, qarindoshlar urtasida nikoxni salbiy okibatlari va onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan davlat dasturlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va zarur maslahatlar berildi.
Нет комментариев.