2025-yil 25-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 308-sonli buyrug‘iga asosan, Norin tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari “Kelajak soati” darsida faol ishtirok etdilar.
Sinf rahbari Madiyorova Hurshida Mahmudjanovna boshchiligida o‘tkazilgan darsda o‘quvchilarimiz milliy kiyimlarda ishtirok etib, yuqori kayfiyatda bo‘lib, “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida bilim olishdi. Dars davomida o‘quvchilarimizga O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi, uning boqiy shaharlarining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bu shaharlarning xalqimizning milliy qadriyatlari va madaniyatini saqlashdagi o‘rni muhokama qilindi.
“Kelajak soati” darslari yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirishga qaratilgan muhim pedagogik tadbirdir.
Нет комментариев.