Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablariga Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i B.Gafurov va boshqa hodimlar tashrif buyurishdi.
Haftaning har dushanba kuni bo’lganidek bugun 13-oktabr dushanba kuni ham respublikaning barcha hududlarida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug’iga asosan Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktablarida va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1-soatda “Kelajak soati” darslari bo’lib o’tdi.
Jumladan, Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Bahodir Gafurov tumandagi 27-umumiy o’rta ta’limi maktabida, Norin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo’yicha bosh mutaxasisi Anvarjon Mamajonov 5-umumiy o’rta ta’lim maktabida hamda bo’limning Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish sho’basi metodisti Iqboljon Ergashov 14-sonli ayrim fanlar chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud maktab-internatida “Boqiy shaharlarimiz” mavzusida “Kelajak soati” darslarini o’tdilar.
Нет комментариев.