Avtomobil kondisionerining noto‘g‘ri ishlashi qanday oqibatlarga olib keladi

Avtomobil kondisionerining noto‘g‘ri ishlashi qanday oqibatlarga olib keladi
Avtomobilda kondisioner tizimini noto‘g‘ri ishlatish, legionellyoz va tonzillit kabi yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin. Bu haqda shifokor-terapevt Daria Bayutina ma’lumot berdi.

Mutaxassisning fikricha, avtomobildagi kondisionerga texnik xizmat ko‘rsatish o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qurilma mikroorganizmlar, ayniqsa, Legionella pneumophila bakteriyasining rivojlanishi uchun qulay muhitga aylanishi mumkin. Ushbu bakteriyaning nafas yo‘llari orqali kirishi og‘ir atipik pnevmoniyaga asos bo‘ladigan legionellyozning rivojlanishiga olib keladi.

Bayutinaning ta’kidlashicha, kondisioner tizimi bronxial astmani qo‘zg‘atadigan zamburug‘ sporalarining ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratishi mumkin.

Shifokorning fikricha, mashinadagi bu qurilma havoni haddan tashqari quritadi. Bunday sharoitda odam kon’yunktivit, rinit, tonzillit va boshqa infeksiyalar bilan kasallanishi mumkin.

Terapevt yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan haydovchilarga avtomobil ichidagi iqlimni diqqat bilan nazorat qilishlarini tavsiya qiladi.

“Past harorat ta’sirida tomirlar torayadi, bu qon tomirlari spazmi va arterial bosimning oshishiga olib kelishi mumkin”, - dedi Bayutina Gazeta.ru bilan suhbatda.

Bundan tashqari, u ob-havoni hisobga olgan holda mashinadagi haroratni muvozanatlash kerak ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Eng maqbul farq 5-6 daraja bo‘lishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив