O‘zbekistonliklar pullarini qaysi banklarga ko‘proq ishonadi?

O‘zbekistonliklar pullarini qaysi banklarga ko‘proq ishonadi?
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 1 iyun holati bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi umumiy omonatlar 204 trln so‘mni tashkil qilgan.

Bunda aholi tomonidan banklarga qo‘yilgan omonatlar 68,6 trln so‘m bo‘lib turibdi. “Bankir” kanali eng ko‘p aholi omonatlari joylashtirilgan banklar reytingini taqdim qiladi.

Etakchilik — “Kapitalbank”da. Mazkur bank aholining 12,7 trln so‘mlik omonatlarini jalb qilgan. Bu umumiy omonatlarning qariyb beshdan bir qismi. Bunga sabablardan biri bank hozirgi kunda omonat ochish bo‘yicha eng yuqori foiz stavkalaridan birini taklif qilayotganidir — 25 foiz.

Ikkinchi o‘rinni 8,1 trln so‘m bilan Milliy bank egallagan bo‘lsa, “Agrobank” 4,8 trln so‘m bilan uchlikni yakunlab bergan.

Eng foydali omonatlar reytingida yetakchi bo‘lganiga qaramasdan TBC Bank nisbatan ancha kamroq 1,9 trln so‘mlik aholi omonatlarini jalb qilishga erishgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив