Buxoroda balandligi 100 metr bo‘lgan ilk shamol turbinasi o‘rnatildi
25 iyul kuni Buxoro viloyatida Envision kompaniyasining (Xitoy) birinchi 6,5 MVt quvvatli shamol turbinasi o‘rnatildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati. Bu Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilishi loyihasi doirasida amalga oshirildi.
3 oy avval Osiyo taraqqiyot banki va Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi Buxoro viloyatidagi Bosh va Jonkeldi shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish uchun 174 mln dollarlik kreditlarni imzolagandi.
Qurilgan turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metr. Loyiha doirasida jami 158 ta shunday shamol turbinalari o‘rnatiladi. Mazkur elektr stansiyalarining ilk quvvatlari 2024 yilda ishga tushiriladi.
«Stansiyalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 3,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 1,5 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi», deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida uzunligi 260 km bo‘lgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 2 ta 500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari qurilishi aytilmoqda. Mazkur elektr uzatish tarmoqlari energetika tizimining shimoli-g‘arbiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati) hamda janubi-g‘arbiy (Buxoro va Navoiy viloyatlari) qismlarining bog‘lanishini mustahkamlaydi.
Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilayotgan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishida shu vaqtgacha 3 ta turbina o‘rnatib bo‘lindi. Uning balandligi 97 metr, shamol parraklarining o‘lchami esa 77 metrdan.