Daniya va Shvesiya elchilari Indoneziya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Daniya va Shvesiya elchilari Indoneziya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi
Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi bu mamlakatlarda musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qur’onga tahqirlangani uchun Daniya va Shvesiya elchilarini chaqirtirdi. Bu haqda Indoneziya OAVlari xabar bermoqda.

Ushbu xabarlarga ko‘ra, Indoneziya tomoni Daniya va Shvesiya diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga ushbu harakatlar yuzasidan o‘z pozisiyasini aniq etkazgan va ularni keskin qoralagan.

Indoneziya Tashqi ishlar vazirligi ushbu harakatlar tashkilotchilari adolatli jazolanishini kutishlarini ta’kidladi.

“Ushbu hodisalarni so‘z erkinligining ko‘rinishi sifatida talqin qilib bo‘lmaydi, chunki ular katta oqibatlarga olib keladi”, — dedi Indoneziya TIV.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив