Fuqaroga 186 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi

Fuqaroga 186 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosi organlarida ijro hujjatlari ijrosini bajarish orqali fuqarolar huquqlari himoyasi ta’minlanmoqda - deya xabar berdi UzA.

Agentlikning xabar berishicha, fuqaro Z.M. qarzdor bilan o‘zaro murosaga kelmagach, qarzdorlikni undirish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi qarzdor "A. I. F. " mas’uliyati cheklangan jamiyatidan fuqaro Z.M. foydasiga 86 million 732 ming so‘m qarzdorlikni undirish haqida qaror chiqardi.

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tumani bo‘limi ish yurituviga mazkur sud qarori ijro varaqasi kelib tushgan. Davlat ijrochisi M.Rahmonov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga qarzni to‘lash tushuntirilgan.

Biroq, talab bajarilmagan. Shundan keyin undiruv qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratildi. Shundan keyin qarzdor barcha qarzlarini to‘ladi. Shu tariqa ijro hujjati tamomlanishi ta’minlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив