Jizzaxda yangi sement zavodiga tamal toshi qo‘yildi

Jizzaxda yangi sement zavodiga tamal toshi qo‘yildi
Jizzax viloyatining Forish tumanida “Sofkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) tomonidan sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishi boshlanishi munosabati bilan tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Forish tumanidagi qad rostlayotgan ushbu sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning qurilish ishlari kelgusi 2024 yilda yakunlanadi. Korxonaning loyiha qiymati 200 million AQSh dollarni tashkil qilib, Forish tumani hududidan 50 gektar yer ajratilgan. Ushbu zavodda “M-400” va “M-500” markadagi sement qurilish mahsuloti ishlab chiqariladi.

Buning uchun Xitoy Xalq Respublikasining “Wetsern international new building materials Pte. Ltd.” kompaniyasi hamda Tojikiston Respublikasining “Mohir plaza” kompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritgan. Loyiha quvvati 2,4 million tonnani tashkil qilib, bugungi kunda infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив