Ronaldu faoliyatidagi 850-golini urdi
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy uchrashuvlarda faoliyatidagi 850-golini urdi.
“Report” xabariga ko‘ra, hujumchi yubiley to‘pini safarda “Al-Hazm”ga qarshi o‘yinda kiritgan. Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuv 1:5 hisobida yakunlandi.
Portugaliyalik rasmiy o‘yinlarda urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini Amerikaning “Inter Mayami” klubida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messi (818) egalladi.
Ronaldu 38 yoshda, u besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar ligasi, Yevropa chempioni va Millatlar ligasi g‘olibi.
Ronaldu "Al Nasr"da 2022 yilning dekabridan buyon o‘ynamoqda. U jamoa safida 26 ta gol urdi va klub tarixidagi sakkizinchi to‘purar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha saudiyalik hujumchi Muhammad al-Sahlaviy (125) yetakchilik qilmoqda.