Eronlik Nargisga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berildi. Ammo u qamoqda

Eronlik Nargisga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berildi. Ammo u qamoqda
Ayollar huquqlarini himoya qilgan va mamlakat hukumati tomonidan qamalgan eronlik huquq faoli Nargis Muhammadiy 2023 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi.

Hozirda u Eronda qamoqda. Nargis hayoti davomida 13 marta hibsga olingan.

2021 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlaridan biri «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov edi. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshirildi. Muratov va Ressa "demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay sharoitlarga duch kelayotgan dunyoda" ushbu ideal uchun kurashayotgan barcha jurnalistlar vakili», deya ta’kidlagan qo‘mita.

Muratov tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan uchinchi rossiyalik bo‘ldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyachisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbachyovga berilgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив